Tabiiy fanlar

C70 FULLEREN MOLEKULASI YUZASIDA NIKEL EKZOATOMLARINING MIGRATSIYASI XUSUSIYATLARI

nikel, fulleren, migratsiya, atom, harorat, sirt, adsorbsiya, migratsiya

Mualliflar

  • Хайитмурод И. ЖАББОРОВ Болтаходжа Е. УМИРЗАКОВ Докторант, PhD в области физических и математических наук, Ташкентский государственный технический университета, Ташкент, Узбекистан, Д.-ф.-м.н., профессор Ташкентский государственный технический университета, Ташкент, Узбекистан , Uzbekistan
  • Ишмумин Д. ЯДГАРОВ Д.-ф.-м.н., профессор, Институт ионно-плазменных и лазерных технологий, Ташкент, Узбекистан , Uzbekistan

Ushbu ishda molekulyar dinamika usuli yordamida C₇₀ fullereni sirtida nikel ekzoatomining harorat ta’sirida migratsiyalanish jarayoni o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, harorat oshishi bilan Ni atomining sirt bo‘ylab harakatchanligi kuchayadi, biroq u uglerod karkasi bilan o‘zaro bog‘langan holatini saqlab qoladi. Migratsiya jarayoni C₇₀ fullerenining ekvatorial sohasiga nisbatan qutbiy sohasida osonroq faollashishi aniqlandi. Bu holat C₇₀ strukturasining anizotrop geometriyasi, turli lokal egriliklari va ekvivalent bo‘lmagan adsorbsiya markazlari bilan izohlanadi. Eng yaqin Ni–C masofasining o‘rtacha qiymati 2.246 Å bo‘lib, bu butun modellashtirish davomida barqaror Ni–C o‘zaro ta’siri mavjudligini tasdiqlaydi.