Tabiiy fanlar

LANDSAT VA NDWI ASOSIDA OHANGARON TUMANIDA ORT

Landsat, NDWI, masofadan zondlash, ortiqcha namlanish, ehtimoliy suv bosish, Ohangaron tumani, GAT.

Mualliflar

  • Ruxshona XUDAYBERDIYEVA Magistrant, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Dilbarxon FAZILOVA Fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zR FA Astronomiya instituti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Aziz KAZAKOV PhD, dotsent, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada Landsat 8–9 multispektral tasvirlari va NDWI indeksi asosida Toshkent viloyatining Ohangaron tumani
hududida yer yuzasi namligining mavsumiy o‘zgarishi tahlil qilindi. Tadqiqot uchun 2024-yil mart va avgust oylariga tegishli
kosmik tasvirlar tanlab olindi. NDWI indeksi yashil va yaqin infraqizil spektral kanallar asosida hisoblanib, namlangan maydonlar,
suv obyektlari hamda nisbatan quruq hududlarni ajratish imkonini berdi. Mart va avgust oylariga tegishli NDWI xaritalarini
solishtirish orqali bahor mavsumida namlik darajasi yuqori bo‘lgan, yoz mavsumida esa quruqlashish jarayoni kuchaygan hududlar
aniqlandi. Olingan natijalar Landsat ma’lumotlari va NDWI indeksidan ehtimoliy suv bosish hamda ortiqcha namlanish zonalarini
dastlabki kartografik baholashda foydalanish mumkinligini ko‘rsatdi.