Tabiiy fanlar

BIS-AMINONITRILLARNING ISHQORIY VA KISLOTALI GIDROLIZI ASOSIDA BIS-AMINOKISLOTALAR SINTEZI

bis-aminonitril, bis-aminokislota, gidroliz, nitril guruhi, ishqoriy muhit, kislotali muhit, IQ-spektroskopiya, massspektrometriya

Mualliflar

Mazkur tadqiqotda 2,2′-(butan-1,4-diilbis(azandiil))bis(2-metilpropannitril)ning ishqoriy va kislotali gidroliz jarayonlari
o‘rganildi. Reaksiyalar natriy gidroksidning spirtli va suvli eritmalarida hamda xlorid kislotaning suvli eritmasida olib borildi.
Reaksiya muhiti, harorat va jarayon davomiyligining mahsulot unumiga ta’siri tahlil qilindi. Barcha sharoitlarda boshlang‘ich bisaminonitrilning to‘liq konversiyasi kuzatilib, tegishli bis-aminokislota 86–94 % unum bilan mahsulot olindi. Mahsulotning tuzilishi
IQ-spektroskopiya va mass-spektrometriya usullari yordamida tasdiqlandi.