Tabiiy fanlar

LIMON KISLOTASI BILAN OSHLANGAN TERI CHIQINDILARINI XROMSIZLANTIRISH JARAYONINING KINETIKASI

xrom qirindisi, limon kislotasi, solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik, kinetika, tezlik konstantasi, aktivlanish energiyasi.

Mualliflar

  • Наргис КАДИРОВА PhD, Ташкентский институт текстильной и легкой промышленности, Ташкент, Узбекистан, Uzbekistan
  • Дилноза УТКУРОВА Базовый докторант, Ташкентский институт текстильной и легкой промышленности, Ташкент, Узбекистан, Uzbekistan
  • Адхам РАФИКОВ Доктор химических наук, профессор, Ташкентский институт текстильной и легкой промышленности, Ташкент, Узбекистан, Uzbekistan

Charm ishlab chiqarishida hosil bo‘ladigan oshlangan teri chiqindilari – xrom qirindilarini limon kislotasi eritmalari bilan
dexromlash jarayonining kinetikasi reagentning turli konsentratsiyalari va haroratlarida o‘rganildi. Kinetik bog‘liqliklar asosida
limon kislotasi bo‘yicha reaksiya tartibi, jarayonning tezlik konstantasi va aktivlanish energiyasi aniqlandi. Dexromlash
reaksiyaning kasrli tartibi (n = 0,44) va nisbatan kichik aktivlanish energiyasi (17,6 kJ/mol) bilan tavsiflanishi aniqlandi, bu
diffuziya va komplekslanish orqali sodir bo‘ladigan ko‘p bosqichli jarayon ekanligini ko‘rsatadi. Cr(III)-kollagen koordinatsion
bog‘larining parchalanishi va eruvchan xrom(III) sitrat komplekslarining hosil bo‘lishini o‘z ichiga olgan ehtimoliy mexanizm
taklif qilindi.

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##