Ijtimoiy-gumanitar fanlar

SUN’IY INTELLEKT ISHTIROKIDA SODIR ETILADIGAN AYRIM QILMISHLARNING OBYEKTIV BELGILARI NAMOYON BO‘LISHI

Sun’iy intellekt, jinoyat obyekti, obyektiv tomon, kiberjinoyatchilik, jinoiy javobgarlik, dipfeyk (deyepfake), dropperlik sindromi.

Mualliflar

  • Mirsulton ABBOSOV mustaqil izlanuvchi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Maqolada sun’iy intellekt (SI) ishtirokidagi jinoyatlarning obyektiv belgilari tahlil qilinib, SIning yuqori xavfli intellektual jinoyat vositasi
ekanligi asoslangan. SI yetkazgan zararga nisbatan faqat fuqarolik-huquqiy javobgarlik yetarli emasligi isbotlangan. Shuningdek, kiber-
o‘g‘rilik, dipfeyk firibgarligi va “dropperlik” kabi tendensiyalar kriminologik tadqiq etilib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga
SI vositasidagi qilmishlar hamda raqamli muhitdagi tayyorgarlik bosqichi bo‘yicha maxsus javobgarlik normalarini kiritish taklif qilingan.