Ijtimoiy-gumanitar fanlar

RASMIY–IDORAVIY USLUBNING BIR BO‘LIMI SIFATIDA DIPLOMATIK USLUBNI O‘RGANISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

rasmiy–idoraviy uslub, funksional xususiyatlar, ijtimoiy–huquqiy munosabatlar, standartlashgan til qoidalari, klishe, shablonlar, diplomatik hujjat, protokol qoidalari, diplomatik uslub, uslubiy xususiyatlar, nota, funksional uslub, diplomatik til, leksik xususiyatlar.

Mualliflar

  • Iroda MIRMAHMUDOVA Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti mustaqil tadqiqotchisi, Uzbekistan

Mazkur maqolada rasmiy–idoraviy uslubning bir bo‘limi sifatida diplomatik uslubning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Unda rasmiy–
idoraviy uslubning funksional xususiyatlari, uning ijtimoiy–huquqiy munosabatlari, davlatlararo va ichki aloqalardagi roli yoritilgan.
Diplomatik yozishmalarning o‘zgacha xususiyatlari, standartlashgan til qoidalari, klishe va shablonlarning qo‘llanilishi orqali ushbu
uslubning aniqlik va aniq bayonga bo‘lgan talablari tushuntirilgan. Hujjatlarning funksional roli, diplomatiyada til tanlashning o‘ziga
xosligi, uning chegaralangan, ammo universal xususiyatga egaligi qayd etilgan. Diplomatik yozishmalarning leksik va uslubiy
xususiyatlari xalqaro munosabatlarda samarali muloqot va ishonchli hujjat yaratishdagi ahamiyatga egadir. Bu o‘z navbatida diplomatik
aloqalarda aniqlik, vazminlik va ehtiyotkorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi