Ijtimoiy-gumanitar fanlar

JADID PEDAGOGIK TAFAKKURIDA TARBIYA IDEALINING EVOLYUTSIYASI VA ABDULLA AVLONIY QARASHLARIDA UNING IFODASI

Jadidchilik, Abdulla Avloniy, tarbiya, pedagogik ideal, axloqiy tarbiya, mehnat tarbiyasi, iroda, mas’uliyat, milliy o‘zlik, ijtimoiy faollik, shaxs kamoloti.

Mualliflar

  • Odiljon AKBAROV PhD, dotsent, mustaqil tadqiqotchi, Namangan davlat universiteti, Namangan, O‘zbekiston, Uzbekistan

Maqolada jadid pedagogik tafakkurida tarbiya idealining evolyutsion rivojlanishi, xususan, bilimli va savodli inson haqidagi tasavvurning
axloqli, mehnatsevar, irodali, faol va milliy-ijtimoiy mas’ul shaxs haqidagi pedagogik idealga tomon kengayishi tahlil qilinadi. Abdurauf
Fitrat, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Is’hoqxon Ibrat va Abdulla Avloniy qarashlari asosida bilim va axloq, mehnat
va faoliyat, individual kamolot va ijtimoiy mas’uliyat o‘rtasidagi aloqalar ochib beriladi. Shuningdek, jadid pedagogik tafakkurida
o‘quvchiga munosabatning o‘zgarishi, tarbiyaviy ta’sir vositalarining maktab va oiladan matbuot, adabiyot va ijtimoiy muhitga tomon
kengayishi ko‘rib chiqiladi. Abdulla Avloniy pedagogik merosida tarbiya masalasining shaxs faoliyati, mehnatsevarlik va jamiyatga foyda
keltirish g‘oyalari bilan tutashishi umumjadid pedagogik tafakkuri evolyutsiyasining o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida baholanadi.