Ijtimoiy-gumanitar fanlar

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI TERMINLARINING SEMANTIK TRANSFORMATSIYASI VA MULTIMODAL REPREZENTATSIYASI

axborot texnologiyalari terminologiyasi, semantik transformatsiya, multimodal diskurs, multimodal reprezentatsiya, raqamli kommunikatsiya, terminologik moslashuv, ingliz va o‘zbek tillari, IT terminlari.

Mualliflar

  • Shakhnoza MAMATOVA Basic Doctoral Student, Karshi State University, Karshi, Uzbekistan, Uzbekistan

Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi axborot texnologiyalari terminologiyasining shakllanishi va tarqalishiga sezilarli
ta’sir ko‘rsatmoqda. Zamonaviy raqamli kommunikatsiyada texnologik tushunchalar lingvistik va vizual vositalarning o‘zaro
aloqasi orqali ifodalanadi. Bu esa IT terminlarining semantik transformatsiyasi va multimodal reprezentatsiyasini o‘rganishni
dolzarb masalaga aylantiradi. Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi axborot texnologiyalari terminlarining semantik
o‘zgarishi hamda multimodal ifodalanish xususiyatlari tadqiq etiladi. Tadqiqot materiali raqamli platformalar, onlayn lug‘atlar va
texnologik interfeyslardan olingan keng qo‘llanadigan IT terminlari korpusiga asoslanadi. Ishda qiyosiy, semantik, kontekstual va
multimodal diskurs tahlili metodlaridan foydalanildi. Maqola terminologiya, raqamli lingvistika va multimodal diskurs tadqiqotlari
uchun texnologik leksikaning moslashuvi bilan bog‘liq lingvistik va kognitiv mexanizmlarni yoritishi bilan ahamiyatlidir