Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARDA DIZAYN FIKRLASHNI BADIIY ASARLAR VOSITASIDA SHAKLLANTIRISHNING LOKAL-MODULLI TEXNOLOGIYALARI

Dizayn-fikrlash, lokal-modulli texnologiya, kognitiv egiluvchanlik, evristik tahlil, interpretiv faoliyat, konvergent fikrlash, didaktik modellashtirish.

Mualliflar

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida badiiy asarlar orqali dizayn fikrlash (design thinking)
ko‘nikmalarini rivojlantirish konseptual asoslari tadqiq etiladi. Tadqiqot doirasida badiiy asarlar asosida lokal-modulli texnologiyalarni
ishlab chiqish va ularni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish usullari o‘rganib chiqiladi. Tadqiqotda obyekt sifatida badiiy asarlarning
interpretiv imkoniyatlari va ta’limning lokal-modulli texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari xalqaro va O‘zbekiston ta’lim
tizimidagi islohotlar (Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar) misolida tahlil qilinadi. Badiiy asar qahramonlari duch kelgan
muammolarni dizayn fikrlash bosqichlari (empatiya, ideatsiya, prototip) orqali hal qilish metodikasi taklif etiladi.