Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ПОЭТИКА: К ИСТОРИИ ВОПРОСА, ОПРЕДЕЛЕНИЕ ПОНЯТИЯ

Poetika, makropoetika, nazariy poetika, struktur poetika, tarixiy poetika, mikropoetika, tavsifiy poetika, poetik olam, struktura, matn.

Mualliflar

  • Александр КОРЗУН, старший преподаватель, НУУз им. Мирзо Улугбека, Ташкент, Узбекистан, Uzbekistan

Poetika kabi murakkab adabiyotshunoslik atamasining ko‘p ma’noliligi uning nihoyatda keng talqinlar doirasini yuzaga keltirgan va hanuz keltirmoqda. Natijada ushbu tushunchani ta’riflashda terminologik apparatning tartibsizligi kuzatiladi. Akademik V. V. Vinogradov Yu. N. Tynyanovning “Pushkin va uning zamondoshlari” [12] kitobiga yozgan kirish maqolasida Yu. Tynyanovning XIX asr birinchi yarmi rus adabiyoti tarixiga oid tadqiqotlari haqida shunday yozadi: “Yu. N. Tynyanov adabiy soxta terminlarning – ziddiyatli, noaniq, ko‘pincha esa mazmunsiz atamalarning qat’iy muxolifi edi” [3]. Vinogradovning Tynyanov haqidagi ushbu fikri mazkur ishimiz uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qildi. Ishning maqsadi – adabiyotshunos olimlarning turli qarashlari ichida “poetika” terminining aniq semantikasini belgilash hamda uni tavsiflash uchun eng maqbul metatilni ishlab chiqishdan iborat.