Ijtimoiy-gumanitar fanlar

“O‘QISH SAVODXONLIGI” DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING IJTIMOIY-KREATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

O‘qish savodxonligi, ijtimoiy-kreativ kompetensiya, hamkorlikda o‘qitish, kichik guruh, dialogik ta’lim, matniy dalil, kreativ topshiriq, formativ baholash.

Mualliflar

  • Kamola ERKINBOYEVA Tayanch doktorant, Namangan davlat universiteti, Namangan, O‘zbekiston, Uzbekistan

Maqolada boshlang‘ich sinf “O‘qish savodxonligi” darslarida o‘quvchilarning ijtimoiy-kreativ kompetensiyasini rivojlantirish muammosi
nazariy-metodologik jihatdan tahlil qilinadi. Tizimli, kompetensiyaviy, sotsiokultural va faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuvlar, qiyosiy
tahlil, kontent-tahlil, pedagogik modellashtirish hamda umumlashtirish metodlari qo‘llanildi. Kompetensiyaning motivatsion-aksiologik,
kognitiv-interpretativ, kommunikativ-kooperativ, kreativ-transformativ va refleksiv-baholash komponentlari aniqlashtirildi. Matn va
topshiriqlarni ijtimoiy muammo hamda ko‘p nuqtai nazarlilik asosida tanlash, kichik guruhda ijobiy o‘zaro bog‘liqlik va individual
mas’uliyatni uyg‘unlashtirish, dalillovchi dialogni qo‘llab-quvvatlash, xavfsiz kreativ muhit yaratish hamda mezonli formativ baholashdan
iborat pedagogik shartlar tizimi asoslandi. Matnga tayangan hamkorlikdagi ijodiy faoliyat sikli va diagnostik mezonlar taklif etildi.