Ijtimoiy-gumanitar fanlar

GRADUONIMIYA TUSHUNCHASI VA UNING YONDOSH HODISALARGA MUNOSABATI

Graduonimiya, graduonim, darajalanish, leksik-semantik munosabat, sinonimiya, antonimiya, giponimiya, polisemiya, intensivlik, lingvopoetika.

Mualliflar

  • Nasiba RO‘ZIYEVA IIV ixtisoslashtirilgan maktab internati ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Uzbekistan

Mazkur maqolada graduonimiya hodisasining leksik-semantik tabiati, o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi hamda sinonimiya,
antonimiya, giperonimiya-giponimiya va polisemiya kabi yondosh hodisalar bilan munosabati tahlil qilinadi. Graduonimik
munosabatning asosiy belgisi sifatida muayyan semantik belgining bosqichma-bosqich kuchayishi yoki susayishi, birliklarning
izchil va yo‘nalishli tarzda joylashuvi hamda qatorning nisbiyligi yoritiladi. Shuningdek, graduonimiyaning turli til sathlarida
namoyon bo‘lish xususiyatlari va uning badiiy, xususan, she’riy matndagi lingvopoetik imkoniyatlari ochib beriladi.
Graduonimlarning poetik matnda semantik aniqlik, ekspressivlik, emotsional dinamika va obrazlilikni yuzaga keltirishdagi o‘rni
asoslanadi