Ijtimoiy-gumanitar fanlar

INDIVIDUAL TA’LIM SHAROITIDA TALABALARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING DIDAKTIK TIZIMI: PEDAGOGIK TAJRIBA-SINOVNING ANIQLASHTIRUVCHI BOSQICHI

Individual ta’lim, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy faoliyat, didaktik tizim, pedagogik tajriba-sinov, aniqlashtiruvchi bosqich, individual ta’lim trayektoriyasi, kasbiy motivatsiya, refleksiv faoliyat, metakognitiv ko‘nikmalar, raqamli ta’lim vositalari, bo‘lajak pedagoglar.

Mualliflar

  • Gulbaxor GAYNAZAROVA PhD, dotsent, mustaqil tadqiqotchi, Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada individual ta’lim sharoitida talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning didaktik tizimini takomillashtirishga qaratilgan
pedagogik tajriba-sinov ishlarining tashkil etilishi va aniqlashtiruvchi bosqich natijalari tahlil qilinadi. Tadqiqot to‘rtta oliy ta’lim
muassasasida o‘tkazilib, 851 nafar 2-kurs talabani qamrab oldi. Tadqiqotda anketa, pedagogik kuzatuv, suhbat, ekspert baholash, hujjatlar
tahlili va reflektiv topshiriqlardan foydalanildi. Natijalar individual ta’lim elementlari mavjud bo‘lsa-da, ularni kasbiy tayyorgarlik tizimiga
izchil integratsiya qilish mexanizmlari yetarli shakllanmaganini ko‘rsatdi. Shuningdek, individual ta’limga ijobiy munosabat bilan birga
individual o‘quv trayektoriyasini loyihalash, mustaqil boshqarish, refleksiv faoliyat va raqamli resurslardan foydalanishni rivojlantirish
zarurati aniqlandi. Olingan natijalar shakllantiruvchi bosqich uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qildi.