Ijtimoiy-gumanitar fanlar

STEAM YONDASHUVI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING AMALIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI

STEAM ta’limi, amaliy kompetensiya, texnologik ta’lim, bo‘lajak o‘qituvchi, fanlararo integratsiya, loyiha asosida o‘qitish, kasbiy kompetensiya.

Mualliflar

  • Gulbaxor ISHMURADOVA Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, Qarshi davlat universitet, Qarshi, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining amaliy kompetensiyalarini STEAM (Science, Technology, Engineering,
Art, Mathematics) yondashuvi asosida rivojlantirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda STEAM ta’limining nazariy-metodologik asoslari,
uning konstruktivistik pedagogika va fanlararo integratsiyaga tayanuvchi zamonaviy ta’lim modeli sifatidagi ahamiyati tahlil qilingan.
Amaliy kompetensiyaning mazmuni, tarkibiy qismlari hamda texnologik ta’lim jarayonidagi o‘rni ochib berilgan. Natijalar shuni
ko‘rsatdiki, STEAM yondashuvi talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, muammolarni hal qilish, ijodiy
va tanqidiy fikrlash, muhandislik tafakkuri hamda kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda samarali vosita hisoblanadi. Shuningdek,
loyiha asosida o‘qitish, muammoli ta’lim, interfaol metodlar va raqamli texnologiyalar amaliy kompetensiyalarni shakllantirishning muhim
omillari sifatida asoslab berilgan.