Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MAFKURAVIY TRANSFORMATSIYA VA MADANIY IDENTIKLIK: ZAMONAVIY O‘ZBEKISTONDA TARIXIY VORISIYLIK VA IJTIMOIY O‘ZGARISHLAR

Mafkuraviy transformatsiya, madaniy identiklik, tarixiy vorisiylik, ijtimoiy o‘zgarishlar, milliy qadriyatlar, Yangi O‘zbekiston, til, barqaror taraqqiyot.

Mualliflar

  • Davlatjon MAMATKULOV DSc, dotsent, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Maqolada zamonaviy O‘zbekistonda mafkuraviy transformatsiya va madaniy identiklik tarixiy vorisiylik hamda ijtimoiy yangilanishning
o‘zaro bog‘liq jarayonlari sifatida tahlil qilinadi. Konseptual tahlil, tarixiy-qiyosiy yondashuv, davrlashtirish va nazariy sintez orqali
mafkuraviy o‘zgarish g‘oyaviy tizimlarning oddiy almashinuvi emasligi asoslanadi. U tarixiy xotira, qadriyat, til va ijtimoiy ma’nolarning
tanlab saqlanishi, qayta talqin qilinishi va institutlarda mustahkamlanishi orqali yuz beradi. Mustaqillik davri 1991-2017-yillar va 2017-
yildan keyingi bosqichlarga ajratiladi. Tadqiqot natijasida «vorisiylik - ma’naviy rekonstruksiya - institutsional mustahkamlanish» modeli
taklif etiladi.