Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘QUVCHILARDA IJODIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Ijodiy fikrlash, kreativlik, kreativ kompetentlik, o‘quvchi, pedagogik asos, mustaqil fikrlash, muammoli ta’lim, innovatsion ta’lim texnologiyalari, ochiq topshiriq, PISA.

Mualliflar

Mazkur maqolada o‘quvchilarda ijodiy fikrlashni shakllantirishning pedagogik asoslari tahlil qilingan. Tadqiqotning nazariy asosini o‘zbek
va xorijiy pedagog olimlarning ijodkorlik, kreativlik, mustaqil fikrlash va innovatsion ta’limga oid qarashlari tashkil etadi. Tadqiqot
jarayonida ilmiy adabiyotlarni nazariy tahlil qilish, qiyosiy tahlil, kontent-tahlil va umumlashtirish metodlaridan foydalanildi. O‘zbek
tilidagi pedagogik manbalar, xususan, N.A. Muslimov va hammualliflarning “Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari”, O‘.Q.
Tolipov va M. Usmonboyevaning “Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari”, T. Ziyadovaning “O‘quvchilarda matn yaratish
kompetensiyasini shakllantirishning innovatsion texnologiyalari” kabi ishlari bilan bir qatorda J.P. Guilford, E.P. Torrance va OECD
tadqiqotlari o‘rganildi. Shuningdek, PISA-2022 Creative Thinking natijalari tahlil qilinib, O‘zbekiston o‘quvchilarining ijodiy fikrlash
ko‘rsatkichlari xalqaro natijalar bilan qiyoslandi.