Ijtimoiy-gumanitar fanlar

OLIY TA’LIM MUHITIDA DEVIANT XULQ-ATVORNI KORREKSIYA QILISHGA YO‘NALTIRILGAN PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR

Deviant xulq-atvor, korreksiya, pedagogik texnologiya, oliy ta’lim, tarbiyaviy ish, profilaktika, talaba shaxsi.

Mualliflar

  • Nigora RAXIMOVA Magistrant, Shahrisabz davlat pedagogika instituti, Shahrisabz, O‘zbekiston, Uzbekistan

Maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalar orasida uchraydigan deviant xulq-atvor turlari va ularni pedagogik yo‘l bilan korreksiya
qilish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi – oliy ta’lim muhitiga moslashtirilgan pedagogik texnologiyalarning deviant
xulq-atvorni yumshatishdagi samaradorligini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda pedagogik tajriba, so‘rovnoma va kuzatish metodlaridan
foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, individuallashtirilgan tarbiyaviy texnologiyalar, treninglar va kurator-psixolog hamkorligiga
asoslangan yondashuv qo‘llanilgan guruhlarda deviant xulq-atvor ko‘rsatkichlari sezilarli darajada pasaygan. Maqola oxirida amaliy
tavsiyalar berilgan.