Ijtimoiy-gumanitar fanlar

IJTIMOIY-MA’NAVIY BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA HUQUQIY OMILLARNING AHAMIYATI

Ijtimoiy-ma’naviy barqarorlik, huquqiy omil, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, qonuniylik, adolat, inson huquqlari, huquqiy mas’uliyat.

Mualliflar

  • Jobirjon SAITMURODOV Tadqiqotchi, Respublika Maʼnaviyat va Maʼrifat Markazi huzuridagi Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Ushbu maqolada ijtimoiy-ma’naviy barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatli bo‘lgan huquqiy omillar va ularning ijtimoiy
munosabatlarga ta’siri o‘rganilgan. Falsafiy hamda huquqiy manbalarni o‘rganishda tizimli, qiyosiy, funksional va germenevtik usullardan
foydalanilgan. Huquqiy ong va huquqiy madaniyat, qonun ustuvorligi va huquqiy tartibot, adolat hamda tenglik, inson huquqlari va
erkinliklarining kafolatlari, shuningdek huquqiy mas’uliyat ijtimoiy-ma’naviy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi o‘zaro uzviy
bog‘langan huquqiy omillar sifatida tizimlashtirilgan. Tahlil natijasida rasmiy me’yorlarning o‘zi yetarli emasligi, ularning aniq va izchil
ijrosi fuqarolarning huquqni ongli qabul qilishi, huquqiy institutlarga ishonchi va adolatga e’tiqodi bilan uyg‘unlashishi lozimligi
ko‘rsatilgan.