O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI SIYOSATIDA ShHT BILAN MADANIY-GUMANITAR SOHALARDAGI HAMKORLIK MASALALARI
##submission.downloads##
Maqolada O‘zbekiston va Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikning shakllanishi, institutsional
asoslari va amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda tarixiy-qiyosiy, institutsional va hujjatlarni kontent-tahlil qilish usullaridan
foydalanilib, ShHT Xartiyasi, sohaviy bitimlar, sammit hujjatlari, rasmiy materiallar hamda ilmiy adabiyotlar o‘rganildi. 2017 yildan
boshlab O‘zbekistonning xalq diplomatiyasi sohasidagi faolligi, O‘zbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazining tashkil etilishi va
2021–2022 yillardagi raislik davrida ilgari surilgan tashabbuslarga alohida e’tibor qaratildi. Natijalar madaniy-gumanitar aloqalar ShHTda
yordamchi emas, balki o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va madaniyatlararo muloqotni mustahkamlovchi integrativ mexanizm ekanini
ko‘rsatdi. Maqola yakunida xalq diplomatiyasi institutlari, ta’lim almashinuvi va tashabbuslarni amalga oshirish mexanizmlarini
kuchaytirish bo‘yicha takliflar berilgan.
1. Shanxay hamkorlik tashkiloti Xartiyasi. 2002 yil 7 iyun. ShHT rasmiy hujjatlari.
2. Айтбаева Р., Касимова Н. Гуманитарное сотрудничество стран ШОС // CONCORDE. 2018. № 2. С. 83–88.
3. Aris S. Russian-Chinese Relations through the Lens of the SCO // Russie.Nei.Visions. No. 34. IFRI, September 2008.
4. Sayfullayev D.B. O‘zbekiston Respublikasi madaniy diplomatiyasining shakllanishi va rivojlanishi: tarix fanlari doktori (DSc)
dissertatsiyasi avtoreferati. — Toshkent, 2020. — 97 b.
5. Таджиев Ш. «Мягкая сила» во внешней политике Республики Узбекистан на современном этапе // In Library. 2023. 3(3). С.
3–237.
6. Сайфуллаев Д.Б. Узбекистан–ШОС: тенденции развития многосторонней культурной дипломатии // Uzbekistan–China:
development of cultural, historical, scientific and economic relations. Vol. 1, Special Issue 1. С. 701–706.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 iyundagi PQ-3807-son “O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq
diplomatiyasi markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori.
8. Mirziyoyev Sh.M. Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Ostona shahridagi majlisidagi nutq. 2017 yil.
9. O‘zbekistondagi ShHT Xalq diplomatiyasi markazi va 2022 yilgi Xalq diplomatiyasi forumi bo‘yicha rasmiy axborot materiallari
(2018–2023).
10. Shanxay hamkorlik tashkilotining 2022 yilgi Samarqand deklaratsiyasi hamda ta’lim, turizm, muzeylar va ilmiy-texnik hamkorlikka
oid rasmiy sohaviy hujjatlari.
Mulkiiyat (c) 2026 «O‘zMU XABARLARI»

Ushbu ish quyidagi litsenziya asosida ruxsatlangan Kreativ Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International litsenziyasi asosida bu ish ruxsatlangan..




.jpg)

.png)




