Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘SMIR YOSHDAGI O‘QUVCHILAR MA’NAVIY QIYOFASINI SOTSIOKORREKSIYALASHNING PEDAGOGIK STRATEGIYASI

O‘smir, o‘quvchi, ma’naviy qiyofa, sotsiokorreksiya, ma’naviy-axloqiy tarbiya, pedagogik strategiya, ijtimoiy-emotsional rivojlanish, tengdoshlar muhiti, refleksiya.

Mualliflar

Mazkur maqolada o‘smir yoshdagi o‘quvchilar ma’naviy qiyofasini sotsiokorreksiyalashning pedagogik asoslari nazariy jihatdan tahlil
qilingan. Tadqiqotning maqsadi o‘smirlarning ma’naviy-axloqiy rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy ijtimoiy-pedagogik omillarni aniqlash
va ular asosida sotsiokorreksion pedagogik strategiyani ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda nazariy tahlil, qiyosiy tahlil, kontent-tahlil,
tizimlashtirish va pedagogik modellashtirish metodlaridan foydalanildi. O‘rganilgan manbalar tahlili o‘smirning ma’naviy qiyofasi
qadriyatlar, axloqiy anglash, empatiya, iroda, o‘zini boshqarish, mas’uliyat va ijtimoiy xulq-atvorning o‘zaro bog‘liqligi asosida
shakllanishini ko‘rsatdi.