Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BO‘LAJAK TARJIMONLARDA SOTSIOLINGVISTIK KOMPETENSIYANI TAKOMILLASHTIRISHDA AUTENTIK MATERIALLARDAN FOYDALANISH

bo‘lajak tarjimon, sotsiolingvistik kompetensiya, autentik material, tarjima kompetensiyasi, kommunikativ vaziyat, registr, nutqiy etiket, madaniy kontekst, pragmatik moslik, tarjimon tayyorlash.

Mualliflar

  • Muxlisa YO‘LDOSHEVA Tayanch doktorant, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada bo‘lajak tarjimonlarda sotsiolingvistik kompetensiyani takomillashtirishda autentik materiallardan foydalanishning
lingvodidaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Natijalar autentik matnlar, audio-video materiallar, ommaviy axborot vositalari materiallari,
real yozishmalar, reklama, intervyu va kasbiy hujjatlardan maqsadli foydalanish talabalarda registrni farqlash, ijtimoiy rollarni anglash,
nutqiy etiket formulalarini tanlash, dialekt va nutq variantlarini aniqlash, madaniy konnotatsiyalarni tushunish hamda ularni tarjimada
adekvat qayta ifodalash imkonini kengaytirishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijasida autentik materiallar asosida sotsiolingvistik kompetensiyani
rivojlantirishning tanlash, kontekstual tahlil, tarjima-transformatsiya va refleksiv baholash bosqichlaridan iborat metodik algoritmi taklif
etildi.