Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MUMTOZ VA ZAMONAVIY O‘ZBEK YOZUVCHILAR ASARLARIDA ERKAK VA AYOL YOZMA NUTQ MAKTUBLARI QO‘LLANISHINING LINGVOMADANIY, SEMANTIK VA PRAGMATIK XUSUSIYATLARI

Maktub, yozma nutq, gender, lingvomadaniyat, semantika, pragmatika, mumtoz adabiyot, zamonaviy o‘zbek adabiyoti, epistolyar diskurs, kommunikativ strategiya

Mualliflar

Mazkur maqolada mumtoz va zamonaviy o‘zbek adabiyoti namunalarida erkak va ayol yozma nutqining maktub shaklida ifodalanish xususiyatlari lingvomadaniy, semantik va pragmatik jihatdan tahlil qilinadi. Maktubning badiiy matndagi kommunikativ, syujet yaratish, obraz xarakterini ochish, ijtimoiy munosabatlarni ifodalash va madaniy qadriyatlarni uzatish vazifalari ko‘rib chiqiladi. Erkak va ayol maktublaridagi farqlar biologik emas, balki muallif yaratgan ijtimoiy rol, tarixiy muhit, kommunikativ maqsad, adresat bilan munosabat va madaniy me’yorlar bilan bog‘liq holda talqin qilinadi. Tadqiqot natijasida mumtoz adabiyotda erkak yozma nutqi ko‘proq ijtimoiy mavqe, nasihat, siyosiy va axloqiy mazmun bilan, ayol yozma nutqi esa ko‘proq shaxsiy kechinma, sadoqat, hijron va oilaviy munosabatlar bilan ifodalanishi, zamonaviy adabiyotda esa mazkur chegaralar nisbatan erkinlashgani aniqlanadi.