Ijtimoiy-gumanitar fanlar

KASALLIKLARNI DAVOLASH BILAN BOG‘LIQ SHOMON MAROSIM FOLKLORI OBRAZLAR TIZIMI MIFOPOETIK TAHLILI

shomon, shomon marosim folklori, kasallik, davolash, mifopoetika, obrazlar tizimi, mifologik obraz, shomon obrazi, bemor obrazi, marosim, ritual, mifologik kuch

Mualliflar

  • Bekzod G‘ANIYEV, Tadqiqotchi, O‘zRFA QQB Ijtimoiy-gumanitar fanlar universiteti, Nukus, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada kasalliklarni davolash bilan bog‘liq shomon marosim folklori obrazlar tizimi mifopoetik jihatdan tahlil qilinadi. Unda shomon, bemor, kasallik yoki kasallik keltiruvchi mifologik kuchlar, ajdodlar ruhi, homiy va himoyachi obrazlarining marosim jarayonidagi funksional-semantik xususiyatlari yoritiladi. Shuningdek, obrazlarning shakllanishida mifologik dunyoqarash, ritual harakatlar, verbal formulalar hamda ramziy unsurlarning o‘rni ochib beriladi. Tadqiqotda shomon marosim folkloridagi obrazlar qarama-qarshilik, vositachilik, himoya va tiklanish kabi mifopoetik modellar asosida tahlil qilinib, ularning kasallik va davolash motivlarini badiiy ifodalashdagi ahamiyati aniqlanadi