Ijtimoiy-gumanitar fanlar

OVQATLANISH MADANIYATI TRANSFORMATSIYALARINI O‘RGANISHGA DOIR XORIJIY TADQIQOTLAR TAHLILI

ovqatlanish madaniyati, foodways, transformatsiya, taom antropologiyasi, globallashuv, madaniy o‘zlik, kulinariya madaniyati, migratsiya, oziq-ovqat tarixi, Markaziy Osiyo.

Mualliflar

  • Sherzod ABDUSATOROV Dotsent v.b., PhD, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston , Uzbekistan

Mazkur maqolada ovqatlanish madaniyati (foodways) transformatsiyalarini o‘rganishga bag‘ishlangan xorijiy tadqiqotlarning asosiy ilmiy yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Unda oziq-ovqat tarixini o‘rganishning tarixiy, antropologik, sotsiologik va madaniy yondashuvlari, xususan, Jeffrey M. Pilcher, Sidney W. Mintz, Jack Goody, Claude Levi-Strauss, Claude Fischler, Felipe Fernández-Armesto, Kenneth F. Kiple, Glenn R. McNamara, Asele Surina va boshqa tadqiqotchilarning ilmiy qarashlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, globallashuv, migratsiya, sanoatlashuv, siyosiy-iqtisodiy jarayonlar, milliy o‘zlikni shakllantirish, raqamli media va madaniyatlararo aloqalarning ovqatlanish amaliyotlariga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida xorijiy ilmiy adabiyotlarda oziq-ovqat faqat biologik ehtiyoj sifatida emas, balki ijtimoiy va madaniy munosabatlarni ifodalovchi murakkab hodisa sifatida qaralayotgani aniqlandi. Ovqatlanish orqali etnik va milliy o‘zlik, tarixiy xotira, ijtimoiy tabaqalanish, gender munosabatlari, mehmondo‘stlik, diniy qarashlar va madaniy chegaralar namoyon bo‘ladi. Xorijiy tadqiqotlarda shakllangan foodways yondashuvi Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston ovqatlanish madaniyatidagi zamonaviy transformatsiyalarni o‘rganish uchun muhim metodologik imkoniyatlarga ega.