Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MIRZO ULUG‘BEK DAVRI ILM-FANIDA “ZIJI KO‘RAGONIY” ASARINI O‘RNI

Mirzo Ulug‘bek, Temuriylar davri, Samarqand ilmiy maktabi, rasadxona, Ziji Ko‘ragoniy, astronomiya, matematika, tarixiy manbalar.

Mualliflar

  • Ravshan ABDUZOHIROV Asila ILYASOVA O‘qituvchi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Talaba, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston , Uzbekistan

Ushbu maqolada Temuriylar renessansi davrining yirik namoyandasi, buyuk hukmdor va olim Mirzo Ulug‘bek davridagi ilm-fan va madaniyatning yuksalishi birlamchi yozma manbalar asosida tizimli tahlil qilinadi. Maqolada Ulug‘bek tomonidan tashkil etilgan Samarqand ilmiy maktabi, oliy madrasa ta’lim tizimi hamda Samarqand rasadxonasining faoliyati yoritilgan. Allomaning fundamental asari bo‘lmish “Ziji Ko‘ragoniy”ning o‘ziga xos hisoblash metodologiyasi hamda jahon astronomiya fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi tarixiy-tanqidiy nuqtai nazardan baholangan. Shuningdek, davrning ilm-fan rivojiga ta’sir ko‘rsatgan ijtimoiy-siyosiy omillari va dunyoviy ilmlarga bo‘lgan munosabat masalalari tahlil etilgan.