Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘ZBEKISTONDA KO‘ZI OJIZLARNING SHAXMAT, SHASHKA VA DOMINO O‘YINLARIDAGI ISHTIROKI (1991–2025-YILLAR)

Braylcha shaxmat-shashka, domino, O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati, nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari.

Mualliflar

  • Furqat N. BOZOROV Tayanch doktorant, O‘zRFА Tarix instituti, Toshkent, O‘zbekiston , Uzbekistan

Mazkur maqolada 1991-2025-yillarda O‘zbekistonda ko‘zi ojiz shaxslarning intellektual sport turlari shaxmat, shashka va domino o‘yinlaridagi ishtiroki arxiv hujjatlari, davriy matbuot materiallari va xalqaro manbalar asosida tahlil qilinadi. O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati (O‘zKOJ) tizimida o‘tkazilgan respublika birinchiliklari, maxsus maktab-internat o‘quvchilari o‘rtasidagi musobaqalar, Markaziy Osiyo birinchiliklari hamda jahon miqyosidagi bellashuvlarda erishilgan natijalar xronologik ketmaketlikda yoritiladi. Shuningdek, soha rivojiga doir davlat siyosati o‘rni va domino o‘yinining ko‘zi ojizlar orasidagi ommaviyligi alohida ko‘rib chiqiladi.