Ijtimoiy-gumanitar fanlar

AMIR SAID OLIMXON VA XALQARO RAZVEDKA TASHKILOTLARI

Said Olimxon, Buxoro amirligi, Afg‘oniston, muhojirlik, razvedka, Britaniya, Sovet Ittifoqi, Germaniya, Yaponiya, “Faol”, “Liga”, Mubashirxon Taroziy, Shermuhammadbek.

Mualliflar

Maqolada Buxoroning so‘nggi amiri Said Olimxonning Afg‘onistondagi muhojirlik davrida xalqaro siyosiy va razvedka doiralari bilan bog‘liq faoliyati yoritiladi. 1920-yillardagi xalqaro yordam izlash urinishlaridan boshlab, Ikkinchi jahon urushi yillarida Britaniya, Sovet, Germaniya va Yaponiya maxsus xizmatlarining Buxoro muhojirlariga bo‘lgan qiziqishi, “Faol” va “Liga” tuzilmalarining shakllanishi, Afg‘oniston hukumatining ularga munosabati hamda 1943-yildagi hibslar izchil tahlil qilinadi. Mavjud ma’lumotlar Said Olimxonning tashqi kuchlar bilan aloqalari bir xil yo‘nalishda kechmaganini, uning o‘zi ehtiyotkor siyosiy pozitsiyani saqlagan bir paytda muhojirlar orasidagi ayrim guruhlar faolroq hamkorlik yo‘lini tanlaganini ko‘rsatadi.