Ijtimoiy-gumanitar fanlar

CHORVACHILIK AKUSHERLIGI VA GINEKOLOGIYASI TERMINOLOGIYASIDA EPONIMLARNING INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI STRUKTURAVIY-SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Veterinariya terminologiyasi, chorvachilik akusherligi, ginekologiya, eponim, antroponim, terminologik birlik, strukturaviy tahlil, semantik tahlil, terminologik ekvivalentlik, o‘zlashma termin, ingliz tili, o‘zbek tili

Mualliflar

  • Nilufar RASULOVA PhD, dotsent, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada chorvachilik akusherligi va ginekologiyasi terminologiyasida qo‘llanadigan eponimik birliklarning ingliz va o‘zbek tillaridagi strukturaviy-semantik xususiyatlari qiyosiy-lingvistik nuqtayi nazardan tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi veterinariya reproduktiv tibbiyotida qo‘llanadigan eponimlarni aniqlash, ularning strukturaviy modellari, semantik xususiyatlari, etimologik manbalari hamda ingliz tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashish va ekvivalentlashuv mexanizmlarini tavsiflashdan iborat. Tadqiqot materiallari asosida Müllerian duct, Wolffian duct, Graafian follicle, anti-Müllerian hormone kabi birliklarning terminologik tuzilishi tahlil qilinadi. Tahlil natijalari ingliz tilida eponimik terminlarning ko‘pincha antroponim asosida derivatsion affiksatsiya orqali shakllanishini, o‘zbek tilida esa antroponimning transliteratsiyasi hamda terminologik ot bilan birikishi asosiy model ekanligini ko‘rsatadi. Shuningdek, terminlarning to‘liq, qisman va tavsifiy ekvivalentlashuvi, morfologik adaptatsiyasi va gibridlashtirilishi kabi hodisalar yoritiladi. Tadqiqot natijalari ingliz va o‘zbek veterinariya terminologiyasining o‘zaro munosabatlarini hamda zamonaviy terminologik tizimlarda xalqaro birliklarning milliy tilga moslashuv qonuniyatlarini aniqlashga xizmat qiladi