NOFILOLOGIK TA’LIM YOʻNALISHIDA INGLIZ TILI DARSLARIDA TALABALARINING UMUMMADANIY KOMPITENSIYASINI AUTENTIK MATNLAR BILAN RIVOJLANTIRISH

Autentik, nofilologik, madaniyatlararo, kompetensiya, idrok, kommunikativlik.

Mualliflar

##submission.downloads##

Ushbu maqola nofilologik ta’lim yoʻnalishida ingliz tili darslarida talabalarining umummadaniy kompetentsiyasini autentik matnlar bilan rivojlantirishga bag’ishlangan. Haqiqiy matnlardan foydalanishning ahamiyati va zarurligini ularning chet tillarini oʻrgatishdagi rolini aniqlashga harakat qildik. Hech kimga sir emaski, til madaniyat koʻzgusi. Bu esa oʻz oʻzidan til va madaniyatni oʻrganish chambarchas bog’liq ekaniga dalolat qiladi. Autentik materiallar chet tilini oʻrganuvchilarning madaniyatlararo kompetentsiyalarini rivojlantirish uchun eng yaxshi materiallar turi hisoblanadi. Haqiqiy materiallar sinf va tashqi dunyo oʻrtasidagi boʻshliqni yoʻq qilishda xizmat qiladi va reallikni dars jarayoniga olib kiradi. Bu orqali til oʻrganuvchi oʻrganilayotgan tilni oʻsha til egalarining madaniyatini xis qilgan xolda oʻrganish imkoniga ega boʻladilar. Bundan tashqari, maqolada dars jarayonida haqiqiy materiallardan foydalanishning turli xil variantlari keltirilgan.