Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TIBBIY TA’LIMNING RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI SHAROITIDA TALABALARNING SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANISHINING DIDAKTIK MEXANIZMLARI

Tibbiy ta’lim, raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, didaktik mexanizm, raqamli kompetensiya, klinik fikrlash, mustaqil ta’lim, verifikatsiya, tanqidiy fikrlash, refleksiya.

Mualliflar

  • Arofatxon ISMANOVA Pedagogika fanlari doktori(DSc), professor, Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon,O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada tibbiy ta’limning raqamli transformatsiyasi sharoitida talabalarning sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanishini ta’minlashning didaktik mexanizmlari yoritilgan. Sun’iy intellekt vositalarini tibbiy ta’lim jarayoniga integratsiyalashning pedagogik imkoniyatlari, ularning talabalarning mustaqil ta’lim faoliyati, tahliliy va klinik fikrlashi hamda raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishdagi ahamiyati asoslangan. Talabalarning sun’iy intellekt bilan ishlash jarayonini mustaqil tahlil, maqsadli so‘rovni shakllantirish, olingan axborotni verifikatsiyalash, tanqidiy baholash, qayta konstruksiyalash va refleksiv xulosa chiqarish bosqichlari asosida tashkil etishning didaktik mexanizmi taklif etilgan. Shuningdek, sun’iy intellektdan foydalanishda tayyor axborotni mexanik o‘zlashtirishdan mustaqil, tanqidiy va dalillarga asoslangan o‘quv faoliyatiga o‘tishning
pedagogik shart-sharoitlari ochib berilgan.