Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BO‘LAJAK BIOLOGIYA O‘QITUVCHILARINING KOMPYUTER SAVODXONLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

Bo‘lajak biologiya o‘qituvchisi, kompyuter savodxonligi, raqamli kompetensiya, sun’iy intellekt, raqamli ta’lim muhiti, TPACK, DigCompEdu, virtual laboratoriya, raqamli pedagogika, axborot xavfsizligi.

Mualliflar

  • Shomansur JO‘RAYEV O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, Jizzax davlat pedagogika universiteti, Jizzax, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kompyuter savodxonlik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari nazariy va eksperimental jihatdan asoslangan. Raqamli transformatsiya sharoitida biologiya o‘qituvchisining kasbiy faoliyati faqat kompyuter va standart dasturiy ta’minotdan foydalana olish bilan cheklanmay, raqamli ta’lim resurslarini tanlash, biologik ma’lumotlarni qayta ishlash va vizuallashtirish, virtual laboratoriyalardan foydalanish, sun’iy intellekt vositalari yordamida o‘quv materiallarini yaratish, raqamli baholashni tashkil etish hamda axborot xavfsizligi va akademik halollik tamoyillariga rioya etishni ham talab qilishi asoslangan. Tadqiqotda kompetensiyaning axborot-raqamli-operatsion, raqamlipedagogik, sun’iy intellekt vositalaridan maqsadli foydalanish hamda axborot xavfsizligi va etik-refleksiv tarkibiy qismlari ajratilgan.