Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MA’NAVIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY QADRIYATLARNING AHAMIYATI

boshlang‘ich ta’lim, ma’naviy kompetensiya, milliy qadriyatlar, aksiologik yondashuv, ma’naviy-axloqiy tarbiya, milliy o‘zlik, vatanparvarlik, xalq pedagogikasi, oila-maktab hamkorligi.

Mualliflar

  • Muxayyo RAVSHANOVA Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi o‘qituvchisi , Uzbekistan

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ma’naviy kompetensiyalarni shakllantirishda milliy qadriyatlarning ahamiyati pedagogik va aksiologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda milliy qadriyatlarning o‘quvchi shaxsida ma’naviy-axloqiy qarashlar, milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, mas’uliyat, halollik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat va o‘zaro hurmat kabi sifatlarni rivojlantirishdagi imkoniyatlari yoritilgan. Ma’naviy kompetensiyaning mazmuni bilim, qadriyatli munosabat va amaliy xulq-atvor komponentlari asosida talqin qilinadi. Milliy qadriyatlarni boshlang‘ich ta’lim mazmuniga integratsiya qilishda xalq og‘zaki ijodi, badiiy adabiyot, tarixiy-madaniy meros, milliy o‘yinlar, loyiha va ijodiy topshiriqlar, rolli vaziyatlar hamda oila-maktab hamkorligidan foydalanishning metodik imkoniyatlari asoslanadi. Tahlil natijasida qadriyatlarni o‘quvchiga faqat nazariy ma’lumot sifatida emas, balki kundalik faoliyat va xulq-atvorda namoyon bo‘ladigan amaliy tajriba sifatida singdirish ma’naviy kompetensiyaning barqaror shakllanishiga xizmat qilishi aniqlandi.