Ijtimoiy-gumanitar fanlar

OLIY TA’LIMDA TALABALARNI PEDAGOGIK JARAYONLARNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH FAOLIYATIGA TAYYORLASHNING KOMPETENSIYAVIY TARKIBI

pedagogik jarayon, ta’limni boshqarish, kompetensiyaviy yondashuv, kasbiy kompetensiya, pedagogik faoliyat, boshqaruv kompetensiyasi, ta’lim sifati, refleksiv kompetensiya, innovatsion ta’lim texnologiyalari, bo‘lajak pedagog

Mualliflar

  • Saodat M. MAMATOVA, Mustaqil tadqiqotchi, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti, Toshkent, O‘zbekiston Assisent o‘qituvchisi Shahrisabz davlat pedagogika instituti,, Uzbekistan

Ushbu maqolada talabalarni pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish faoliyatiga tayyorlashning kompetensiyaviy tarkibi ilmiy-pedagogik tahlil qilingan. Pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan kasbiy, metodik, boshqaruv va kommunikativ kompetensiyalarning mazmuni yoritilgan. Shu bilan bir qatorda kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak mutaxassislarning nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va kasbiy kompetentligini rivojlantirish omillari asoslab berilgan. Pedagogik jarayonni rejalashtirish, tashkil etish, monitoring qilish va natijalarni baholash mexanizmlarining o‘zaro bog‘liqligi ochib berilgan.
Maqolada zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish va refleksiv yondashuvning ahamiyati ilmiy jihatdan asoslangan. Maqola oliy ta’lim muassasalarida pedagog kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish va ularning boshqaruv faoliyatiga tayyorgarligini takomillashtirishga xizmat qiladi..