Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ZAMONAVIY XITOYDA OLIYJANOB INSONNING KANONIK OBRAZI VA UNING HAYOT TARZINI BELGILASHDA MADANIY AN’ANALARNING AHAMIYATI

Junzi, konfutsiychilik, oliyjanob inson, komil inson, fozil inson, axloqiy kamolot, madaniy an’ana, qiyosiy falsafa, guoxue, mahalla, Forobiy, Alisher Navoiy, axloqiy yetakchilik, modernizatsiya.

Mualliflar

Mazkur maqolada Xitoy falsafiy-axloqiy an’anasining markaziy kategoriyalaridan biri bo‘lgan “junzi” (君子 oliyjanob inson) obrazi va uning zamonaviy xitoy jamiyati qadriyatlar tizimidagi vazifasi qiyosiy-falsafiy tahlil qilingan. Mavzuning dolzarbligi globallashuv sharoitida o‘tish davri jamiyatlari milliy ma’naviy merosni modernizatsiya talablari bilan uyg‘unlashtirish strategiyalarini izlayotgani bilan belgilanadi. Tadqiqotda qiyosiy-falsafiy, tarixiy-genetik, germenevtik va tizimli-funksional metodlar qo‘llanildi. “Junzi” obrazi uch o‘lchovda ishlatiladi. Bularni axloqiy mezon, siyosiy-boshqaruv madaniyati modeli va milliy-madaniy identifikatsiya vositasi sifatida ko‘rib chiqildi hamda Markaziy Osiyo-islom an’anasidagi “komil inson” va “fozil inson” g‘oyalari, xususan Abu Nasr Forobiy va Alisher Navoiy ta’limotlari bilan qiyoslandi. Natijalar mazkur obrazlar chuqur funksional o‘xshashlikka ega bo‘lgani holda, substantsial-metafizik asoslari bilan tubdan farqlanishini ko‘rsatdi. Shu asosda axloqiy universalizm va madaniy relativizm bir-birini istisno qiluvchi muqobillar emas, balki bir-birini to‘ldiruvchi tahlil darajalari ekanligi asoslanib, O‘zbekistonda axloqiy tarbiya sohasiga oid amaliy takliflar ishlab chiqildi.