Ijtimoiy-gumanitar fanlar

INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNING MUSTAQIL O‘QUV FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH METODIKASI

Integrativ yondashuv, mustaqil ta’lim, mustaqil o‘quv faoliyati, fanlararo integratsiya, talaba faolligi, kompetensiya, loyiha metodi, refleksiya, raqamli ta’lim, baholash mezonlari.

Mualliflar

  • Mash’albek YO‘LCHIYEV PhD, dotsent, mustaqil tadqiqotchi, O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Ushbu ilmiy ishda integrativ yondashuv asosida talabalarning mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etishning pedagogik va metodik
asoslari yoritiladi. Integrativ yondashuvning fanlararo bog‘lanish, nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish, raqamli ta’lim
vositalaridan foydalanish hamda talabaning individual ta’lim trayektoriyasini shakllantirishdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi.
Mustaqil ta’lim topshiriqlarini loyihalash, muammoli vaziyatlar yaratish, loyiha va tadqiqot topshiriqlaridan foydalanish, o‘z-o‘zini
nazorat qilish va refleksiya mexanizmlarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Shu bilan birga, mustaqil o‘quv faoliyati
samaradorligini baholash mezonlari va kutiladigan natijalar tizimlashtirilgan. Integrativ yondoshuv jarayoni talabalarning oʻquv
faoliyati va mashg’ulotdan tashqari vaqtlari davomida amalga oshiriladigan jarayon hisoblanadi. Bu umumiy faoliyat o‘qish
jarayoni, dars mashgʻulotlari va darsdan tashqari ma’naviy-marifiy tadbirlarda faol qatnashish, ustozlar va jamoat joylaridagi
muomala madaniyati, mustaqil ta’lim, shaxsiy tafakkur, muammoli vaziyatlarda shaxsiy munosabatlar bilan o‘zini ko‘rsata olish,
jamoat ishlarida faol bo‘lish, dual ta’lim jarayonlarida faol ishtiroki katta ahamiyatga ega hisoblanadi.