Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TINGLOVCHILARNI KASBIY FAOLIYATGA MUNOSIB TAYYORLASHDA PSIXOLOGIK JIHATLAR

kasbiy faoliyat, psixologik tayyorgarlik, tinglovchilar, malaka oshirish, kasbiy motivatsiya, o‘zini-o‘zi baholash, kasbiy yo‘nalganlik, ijtimoiy-psixologik moslashuv, refleksiya, kommunikativ kompetentlik.

Mualliflar

  • Jamshid YADGAROV Katta o‘qituvchi, dotsent, podpolkovnik O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti, Uzbekistan

Maqolada malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarini kasbiy faoliyatga psixologik jihatdan tayyorlash muammosi
tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida tinglovchilarning kasbiy motivatsiyasi, o‘zini-o‘zi baholashi, ijtimoiy-psixologik moslashuvi va
refleksiv qobiliyatlari o‘rganildi. 64 nafar tinglovchi ishtirokida so‘rovnoma va test sinovlari o‘tkazilib, natijalar statistik jihatdan
qayta ishlandi hamda kasbiy tayyorgarlik darajasini oshiruvchi psixologik omillar aniqlandi. Olingan natijalar katta yoshdagi ta’lim
oluvchilarning o‘quv jarayoniga individual-psixologik yondashuvni joriy etish zarurligini ko‘rsatadi.