Tabiiy fanlar

ENDOEDRAL KARBIN SINTEZIDA UGLERODLI GAZ VA KATALIZATOR TANDEMI

endoedral karbin, uglerodli nanonaycha, nikel katalizatori, molekulyar dinamika

Mualliflar

  • Aziza ERGASHEVA O‘zR FA, Ion-Plazma va Lazer texnologiyalari instituti stajyor tadqiqotchisi, Uzbekistan
  • Kamoliddin MEHMONOV O‘zR FA, Ion-Plazma va Lazer texnologiyalari instituti kichik ilmiy xodimi, Uzbekistan
  • Turg‘unali AHMADJANOV O‘zbekiston Milliy universiteti Fotonika kafedrasi mudiri, Uzbekistan
  • G‘ofurjon ESHONQULOV O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika fakulteti dekani, Uzbekistan
  • Maksudbek YUSUPOV O‘zR FA, Ion-Plazma va Lazer texnologiyalari instituti bosh ilmiy xodimi, Uzbekistan
  • Umedjon XALILOV O‘zR FA, Ion-Plazma va Lazer texnologiyalari instituti, Antverpen Universiteti, Belgiya, bosh ilmiy xodimi, Uzbekistan

Cheksiz uzun endoedral uglerod zanjirlari (ya’ni, karbin) sintezida katalizator ro‘li haligacha to‘liq o‘rganilmagan. Ushbu
reaktiv molekulyar dinamika (MD) ga asoslangan modellashtirish ishida cheksiz uzun uglerod zanjirlarining katalitik sintezi
ikki qavatli uglerod nanonaychasi (IQUNN) ichida tadqiq etildi. Natijalar, Ni nanoklasterlari C atomlari qo‘shilib uzun
uglerod zanjiri hosil qilishida muhim omil bo‘lsa-da, zanjirning o‘sish tezligi nikel klasterlarining hajmiy ulushi ortishiga
teskari ravishda bog‘langanligini ko‘rsatdi. Xususan, nikel bilan to‘ldirilganlik darajasi 4,9; 6,5; 9,85 va 19,5 % bo‘lgan
IQUNN da karbin hosil bo‘lish vaqtlari mos ravishda 0,35; 0,49; 0,7 va 0,73 ns ga teng bo‘lishi aniqlandi. Ushbu tadqiqot
hom ashyo hamda katalizator tandemini o‘rganish orqali boshqariladigan endoedral karbin sintez mexanizmlarini yaxshiroq
tushunishga yordam beradi.

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##