ICHAK MIKROBIOTASINING АUTISTIK SPEKTR KASALLIKLARI RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI

Аutistik spektr kasalliklari, ichak mikrobiomi, prebiotiklar, probiotiklar, neyroendokrin va neyroimmun tizimlari.

Mualliflar

  • Nilufar ELOVA O‘zR FA Mikrobiologiya instituti katta ilmiy xodimi, biologiya f.b.f.d , Uzbekistan
  • Shahlo MIRALIMOVA O‘zR FA Mikrobiologiya instituti yetakchi ilmiy xodimi, b.f.d , Uzbekistan

##submission.downloads##

Аutistik spektrdagi buzilishlar (ing. ASD yoki rus. RАS) asab tizimining ichak mikrobiomi bilan bogʼliq holda yuzaga keladigan kasalliklardan biri sifatida keng tadqiq qilingan. Mikroblar haqidagi bilimlardan foydalanish ushbu kasallikni har tomonlama tushunishga yordam beradi. Qizigʼi shundaki, tadqiqotchilar eʼtiborini onaning ogʼiz boʼshligʼi va vaginal mikrobiomi ham autistik spektr kasalliklari (АSK) etiopatologiyasidagi muhim omil sifatida oʼziga jalb qilgan. Shunday qilib, ushbu obzorda mikrobiom va uning АSK va u bilan bogʼliq kasalliklarning gipotetik etiologiyasi bilan aloqasi haqidagi bilimlarni umumlashtishriga harakat qilinadi. Parhez, prebiotiklar, probiotiklar, antibiotiklar va fekaliy mikroblari transplantatsiyasining ham АSK ga taʼsiri tahlil qilingan. Ular orasida parhez va probiotiklardan foydalanish nojoʼya taʼsirlarga ega emasligi, qabul qilish usuli osonligi tufayli eng istiqbolli va ilgʼor vositalardir. Bilimlar va tadqiqotlardagi mavjud boʼshliqlar autizm va mikrobiom orasidagi aloqadorlikni aniqlashda yanada kengroq va dadilroq izlanishlarni talab qiladi.