TUPROQ TARKIBIDAGI STRONSIY-90 RADIONUKLDI MIQDORINI ANIQLASHNING SODDALASHTIRILGAN USULINI ISHLAB CHIQISH

stronsiy-90 radionuklidi, Arnasoy koʻli, beta-spektrometriya, choʻktirish, maksimal aktivlik, tashuvchi, filtrlash, ittriy-90.

Mualliflar

  • Абдушукур ГОФУРОВ Базовый докторант Национального университета Узбекистана, Uzbekistan
  • Джамшид КАЮМОВ, Базовый докторант Ташкентского государственного технического университета, Uzbekistan
  • Зулайхо СМАНОВА, Национальный университет Узбекистана, профессор в.б., доктор химических наук, Uzbekistan

##submission.downloads##

Tuproq namunalari tarkibidagi stronsiy-90 izotopi miqdorini ushbu radionuklid parchalanganida hosil boʻluvchi ittriy-90 radionuklidi miqdori boʻyicha aniqlash stronsiy-90 miqdorini aniqlashning eng aniq usullaridan biri boʻlishi bilan bir qatorda analiz oʻtkazish uchun koʻp vaqt talab qiladi. Shu sababli stronsiy-90 radionuklidi miqdorini aniqlashning soddalashtirilgan usuli taklif etildi. Taklif etilgan usul oʻzida namunadagi stronsiyni choʻktirish orqali ajratib olish va ajratib olingan stronsiydan ajralib chiqayotgan betta zarrachalar miqdorini beta-spektrometr yordamida oʻlchash bosqichlarini mujassamlashtiradi. Stronsiyni choʻktirishda tashuvchining qoʻllanilishi bu usulni tarkibida juda kam miqdorda stronsiy tutgan namunalarni analiz qilish uchun qoʻllash imkonini beradi. Taklif etilgan usul yordamida Arnasoy koʻli atrofidan olingan tuproq namunalaridagi stronsiy-90 izotopi miqdori oʻlchandi. Tuproq namunalaridagi stronsiy-90 izotopining oʻrtacha aktivligi 2 Bk/kg ni tashkil etishi aniqlandi.