ABDULAHAD TO‘RANING BUXORO AMIRLIGI TAXT VORISI ETIB TAYINLANISHI TARIXI

Amir Muzaffar, Abdulahad to‘ra, Aleksandr III, valiahdlikka tayinlash, taxt vorisi, toj kiyish marosimi, Moskva, Peterburg, Orenburg, rasmiy qabul marosimi, diplomatik sovg‘alar.

Mualliflar

Maqolada XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligi valiahdlik tizimida yuz bergan o‘zgarishlar, amirlik shahzodasi Abdulahad to‘raning amir Muzaffar tomonidan taxt vorisi etib tayinlashi, shuningdek, amirlik yangi valiahdining Rossiya imperatori Aleksandr III tomonidan tasdiqlanishiga oid ma’lumotlar tahlil qilingan. Maqolani yozish jarayonida Abdulahad to‘raning 1883-yilda Rossiya imperatori toj kiyish marosimida ishtirok etish uchun imperiyaning markaziy shaharlari bo‘ylab amalga oshirgan sayohati haqidagi mahalliy manbalar va imperiyaning o‘sha vaqtdagi davriy nashrlarida e’lon qilingan materiallardan keng foydalanilgan.