TALABALARNING FIZIKAVIY KIMYO FANINI OʻRGANISHDAGI QIYINCHILIKLARINING MUHIM MANBAYI NOTOʻGʻRI TUSHUNCHALARDIR (ENTROPIYA MISOLIDA)

Fizikaviy kimyoni oʻrganishdagi toʻsiqlar, entropiya, tartibsizlik, tasodifiylik, buzilish, diagnostik savol, intervyu suhbat.

Mualliflar

  • Shahodat BOZOROVA Qarshi davlat universiteti tayanch doktoranti, noorganik kimyo kafedrasi oʻqituvchi, Uzbekistan

Ushbu maqola talabalarning fizikaviy kimyo fanini oʻrganishda qiynalishining asosiy sabablaridan biri ularda shakllangan notoʻgʻri tushunchalar va chalkashliklarni aniqlashga qaratilgan. Buni termodinamikaning asosiy holat funksiyasi entropiya tushunchasi misolida koʻrib chiqadi. Mazkur maqola tadqiqotlarning muhim natijalarini jamlaydi, shu paytgacha aniqlangan notoʻgʻri tushunchalarni va bu notoʻgʻri tushunchalarning mumkin boʻlgan manbalarini umumlashtiradi. Shu sababli, ushbu tadqiqot fan ta’limi sohasidagi tadqiqotchilar va fan oʻqituvchilari uchun foydali boʻladi.