OTMLARDA OLIY MATEMATIKA FANINI BOSHLANG‘ICH KURSLARDA MAKTAB BILIMLARI ASOSIDA O‘QITISH (MATEMATIKA ELEMENTLARI VA TAHLIL BOSHLANISHI

Matematika, maktab ta’limi, algebra, analiz, differensial tenglama, maydon nazariyasi, operativ hisob, ehtimollar nazariyasi, matematik statistika, universitetlarda matematikani o‘qitish metodikasi.

Mualliflar

Maqolada bakalavriat, magistratura va doktorantura uchun ishlab chiqilgan yangi ta’lim standartlari kontekstida matematik bo‘lmagan yo‘nalishlar uchun matematikani o‘qitish muammolari muhokama qilinadi. Bundan tashqari, ushbu ishda maktab matematika kursi va universitetga o‘qishga kirgan 1-kurs talabalari bilimlari va boshlang‘ich semestrlarda o‘qitiladigan oliy matematika bo‘yicha materiallar o‘rtasidagi tafovut tahlil qilinadi. O‘tkazilgan tahlillar va texnik-iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha oliy matematika fanini o‘qitish bo‘yicha ko‘p yillik kuzatishlar va tajribalar asosida o‘quv yili boshida 1-kurs talabalari bilimidagi zaif nuqtalarni aniqlash uchun test sinovlari o‘tkazish zarurligi taklif etiladi.