LEKSIK OMONIMLARNING LINGVOKOGNITIV TADQIQI

omonim, omonimiya, leksik omonim, omonimik qator, dominanta, mental omonim qiyosiy-tarixiy paradigma, sistem-struktur paradigma, lingvokognitiv xususiyatlar, atnroposentrik paradigma

Mualliflar

  • Mukaddas ABDURAHMANOVA Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi, Uzbekistan

Maqolada omonimlarni lingvokognitiv aspektda o‘rganish asoslari yoritilgan. Dunyo tilshunosligida omonimiyaga doir tadqiqotlarning, asosan, qiyosiy-tarixiy, sistem-struktur paradigma asosida o‘rganilgani qayd etilgan. Tildagi omonimiya hodisasi talqinida turlicha yondashuvlar, o‘zaro zid qarashlarning mavjudligidan qat’iy nazar omonimiya hodisasining til o‘zlashtirishda, voqelikni, fikrni yashirin tarzda ifodalashda va badiiy matnda turli xil ma’nolarni anglatishdagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan