AVTOMOBIL MUHANDISLIGI BO’YICHA INGLIZCHA ATAMALARNI O’RGATISH

atamalar leksikografiyasi, leksik birliklar, tilshunos tarjimonlar, kasbiy tarjima kompetentsiyasini shakllantirish, meta-til, atamaning maqsadi.

Mualliflar

  • Umida PARPIYEVA “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Ingliz tili kafedrasi oʻqituvchisi, Uzbekistan

Maqolada avtomobilsozlik sohasiga tegishli bo’lgan atamalar va ularning inglizchadan o’zbekchada berilgan va qo’llaniladigan ma’nolari, atamalrning til o’rganishdagi muhim ahamiyati haqida so’z boradi. Atamalarning didaktik salohiyati ta’kidlanadi: avtomobilsozlik sohasidagi o’quv terminlari ushbu sohaning terminologiyasini rasmiylashtirilgan shaklda taqdim etishni ta’minlaydi, asosiy atamalarning aniq ta’riflari va vizual semantik aloqalari bu avtomobil terminologiyasini ingliz tilida muvaffaqiyatli o’rganish uchun zaruratdir. Umuman til tizimi va o’ziga xos sublingual tizim, masalan, avtomobilsozlik sanoatining predmeti, odamlar ongida
atrofdagi voqelik ob’ektlari va ular o’rtasidagi munosabatlar haqidagi umumlashtirilgan g’oyalarni aks ettiruvchi til belgilarining ombori sifatida tushuniladi.