ESP STUDENTLARINING PRAGMATİK KOMPETENSIYASINI TAKOMILLAHSTIRISHNING AHAMIYATI.

Maxsus maqsadlar uchun ingliz tili (ESP), pragmalingvistik me'yorlar, pragmatik kompetentsiya, madaniyatlararo pragmatika, ijtimoiy kontekst, muloqot.

Mualliflar

So'nggi yillarda ingliz tilini o'rganish yanada murakkab jarayonga aylandi. Buning sababi o'qitish usullari, interaktiv metodlar va texnologiyani joriy etishdagi yutuqlardir. Bundan tashqari, talabalar ingliz tilini fundamental bilimlari bilan universitetga kelishadi. Hatto ingliz tili ESP sifatida o'qitiladigan universitetlarda ham talabalar kamida boshlang'ich darajada gapirishadi. Ba'zi talabalar IELTS sertifikatiga ega bo'lib, ularning gapirish, yozish, tinglash va o'qish qobiliyatlarini tasdiqlaydi. Biroq, faqat ushbu to'rtta ko'nikmaga e'tibor qaratish ingliz tilida ravonlikni kafolatlamaydi. Bu jarayonda pragmatik kompetentsiya ham hal qiluvchi rol o'ynaydi. Ushbu tadqiqotda kuzatish, anketalar va miqdoriy ma'lumotlarni yig'ish kabi usullar qo'llanildi. Maqola ESP talabalarining pragmatik kompetentsiyasini takomillashtirish ahamiyatini oshirishga bag'ishlangan.