INGLIZ TILIDAGI GЕOLOGIK TЕRMINLAR VA ULARNI O‘ZLASHTIRISH

geologik terminlar, so‘z birikmasi, sinonimiya, sintagmatik ma’no, sinonimik qator, kategorial ma’no, o‘zlashtirma, grammatik ma’no, bilish, tushunish, anketa.

Mualliflar

Bugungi kunda ingliz tili xalqaro hamkorlikda katta rol o‘ynaydi. Gеologiya yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga ingliz tili darslarida gеologiya tеrminlarini tanishtirish muhimdir. Geologik terminlar o‘z yoki so‘z birikmasidan tashkil topadi. Bu turdagi terminlar ko‘chmas ma’no, belgi bildiruvchi, sintagmatik, kategorial va grammatik ma’nolarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, geologiyaga oid terminlar boshqa soha terminlaridek o‘z sohasiga aloqador bo‘lmagan terminlar bilan sinonimik, polisemik, ba’zan omonimik munosabatlarda bo‘ladi. Terminlarning paydo bo‘lish manbasi va jarayoni nuqtai nazaridan tahlil qilish, shuningdek, shaxsning amaliy va aqliy faoliyati natijalari, uning tajribasi terminlar bilan qanday namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. Maqolada ingliz tilidagi geologik terminlar xususiyatlari, sinonimiya haqida tushuncha berildi va bu terminlarni
o‘zlashtirish darajasi tajriba orqali aniqlandi