TALABALARNING ILMIY-IJODIY QOBILIYATLARINI NAMOYON BO‘LISHI MUAMMOSINI O‘RGANILISHI

Qobiliyat, ijodiqobiliyat, ijodiylik, psixologlar, nerv fiziologik, muammolar, yechimlar.

Mualliflar

Maqolada talabalarning ilmiy-ijodiy qobiliyatlarini namoyon bo‘lishi muammosini o‘rganilishi darajasini psixolog olimlar tomonidan ilmiy asoslanganligi ko‘rsatib berilgan. talabalarning zamonaviy jamiyatning murakkab voqeliklariga moslashishi uchun nafaqat to‘plangan bilimlar miqdori, balki ularning izchilligi va ilmiy bilimlarni amalda qo‘llash qobiliyati ham muhimdir. Buning uchun odatda ilmiy deb ataladigan, moddiy va ma’naviy sohalarda narsalar orasidagi yangi aloqalarni ko‘rishga va yangilarini yaratishga qodir bo‘lgan
ma’lum bir fikrlash uslubi talab etiladi. Shaxs va jamiyat uchun yangi, ilmiy bilimlarga asoslanilgan yaratuvchanlik qobiliyatlar aynan ijodkorlikdir. Maqolada psixolog olimlarning ilmiy-ijodiy qobiliyatlarning oliy nerv-fiziologik tizimga asoslanishiga ham to‘xtab o‘tilgan.