INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI RAQS TERMINOLOGIYASIDA O‘ZLASHMA SO‘ZLARNING O‘RNI

O‘zlashma, raqs, balet, madaniy tahlil, lingvistik tahlil, raqs terminologiyasi, gender dinamikasi.

Mualliflar

Ushbu maqolada raqs terminologiyasidagi o‘zlashma so‘zlarning o‘rni va ta’siri ingliz va o‘zbek tillari misolida tahlil qilingan. Raqs san’ati tarixan turli madaniyat va tillarning o‘zaro ta’sirida rivojlangan bo‘lib, bu o‘zgarishlar va madaniy ta’sirlar til boyligida aks etadi. O‘ziga xos moslashuvchanligi tufayli ingliz tili fransuz, ispan, nemis va hatto afro-amerikalik xalq tilidan ko‘plab so‘zlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ularning har biri o‘zining raqs lug‘atiga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbek raqs terminologiyasida esa fors, arab va rus tillaridan o‘zlashma so‘zlar mavjud. Ushbu maqola ikkala tildagi ushbu so‘zlarni, ularning ma’nosini va manbasini o‘rganadi va turli xil raqs shakllari va madaniy o‘zaro ta’sirlarni aks ettiradi.