TA’LIM MUASSASASI RAHBARINING KASBIY FAOLIYATGA YO‘NALGANLIGINI BAHOLASHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Uzluksiz ta’lim, maktab, rahbar, jamoa, boshqaruv, faoliyat, professionalizm, samaradorlik, kompetensiya, psixik faollik, qiziqish, hissiy marom, zo‘riqish, qulaylik

Mualliflar

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktabi rahbarining kasbiy faoliyatga yo‘nalganligini baholashning psixologik xususiyatlari o‘rganilgan. Unda mazkur muammoning nazariy va amaliy jihatlari, bu borada mamlakatimiz olimlari tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari haqida so‘z borgan. Shuningdek, maqolada ta’lim muassasasi rahbarlarining bugungi kundagi faoliyati mazmun-mohiyati, uni samarali tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida batafsil ma’lumotlar bayon etilgan.