NEMIS VA O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA FE’LLAR VALENTLIGI BILAN BOG‘LIQ NAZARIY QARASHLAR

sintaktik semantika, semantik valentlik, sintaktik valentlik, tobelik grammatikasi, o‘ng va chap aktant, determinant

Mualliflar

Zamonaviy sintaksis tadqiqida valentlik nazariyasining o‘rganilishiga alohida e’tibor qaratiladi. O‘ziga xos xususiyatlari bilan o‘zaro farqlanadigan valentliklar orasida fe’llarning semantik hamda sintaktik valentliklari tadqiqi bilan bog‘liq ilmiy ishlar dolzarb bo‘lib bormoqda. Mazkur valentliklarning tadqiqini ma’lum semantik maydonda yagona arxisema orqali birlashgan fe’l so‘z turkumi doirasida amalga oshirishda qator qiyinchiliklarga duch kelinmoqda. Chunonchi, fe’l ko‘p ma’noli turkum sifatida bir paytning o‘zida bir qancha semantik maydonlarga tegishli bo‘lishi uning kontekstdagi semantik rolini izohlash va tushunishda birmuncha muammo keltirib chiqaradi. Tillarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ulardagi fe’l valentliklari ham farqlanishi tarjimadagi ayrim nomutanosibliklarga sabab bo‘lishi mumkin.